Jamiyat
Statistika agentligi Oʻzbekistonga 5 oyda necha nafar turist kelgani va eng koʻp tashrif qaysi davlatdan boʻlgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.
2023-yil yanvar—may oylarida 2,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. 5 oyda eng koʻp turist Tojikistondan tashrif buyurgan – 797,8 ming nafar kishi.
Shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya fuqarolarida bu raqam sezilarli darajada yuqoriligini koʻrish mumkin:
— Tojikiston – 797,8 ming nafar kishi;
— Qozogʻiston – 656,5 ming nafar;
— Qirgʻiziston – 649,5 ming nafar;
— Rossiya – 279,8 ming nafar;
— Turkiya – 39,5 ming nafar;
— Turkmaniston – 21,2 ming nafar;
— Koreya – 12,4 ming nafar;
— Hindiston – 12,3 ming nafar;
— Xitoy – 9,6 ming nafar;
— Germaniya – 9,5 ming nafar.
Shundan havo transportida kelgan sayyohlar 428,4 ming kishini (16,5 %), temir yoʻl orqali kelganlar – 32,8 ming kishini (1,3 %), avtomobil transportida kelganlar – 18,4 ming kishini (0,7 %) tashkil etgan.
Sayyohlarning eng koʻp qismi, yaʼni 2,1 mln nafari (81,5 %) piyoda kelgan (asosan qarindoshlarini yoʻqlash uchun kelganlar chegara postlaridan piyoda oʻtishgan).
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q