Jamiyat
13-iyun kuni mamlakatda jami 231,7 mln kVt/soat elektr energiyasi sarflandi. Bu miqdor iyun oyi uchun rekord koʻrsatkich hisoblanadi. Bundan bir yil muqaddam xuddi shu kuni 202 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlatilgan boʻlib, oʻsish koʻrsatkichi 14,7 foizni tashkil qilmoqda.
Energetika vazirligi xabariga koʻra, bugun, 14-iyun kuni soat 11:00 ga qadar esa soatlik ehtiyoj hajmi 11 080 MVtni tashkil qildi. 2022-yilning xuddi shu sanasidagi holat bilan taqqoslanganda, 1600 MVt (15,4 foiz) koʻp elektr toki sarflangan. Ushbu quvvat deyarli toʻrtta bugʻ-gaz qurilmasining yoki ikkita “Toʻraqoʻrgʻon” IES quvvatiga teng.
14-iyun sanasi mobaynida sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli 238-239 mln kVt/soatga yetishi kutilyapti. Mazkur raqam 2022-yilning mos davrida qayd etilgan isteʼmol miqdoridan qariyb 30 mln kVt/soat yoki 14,8 foiz koʻp.
Elektr energiyasining yuqori isteʼmoli, ayniqsa, Toshkent shahrida kuzatilyapti. 2021-yilning 13-iyun sanasida poytaxt aholisi 7,6 mln kVt/soat tok ishlatgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2022-yilning xuddi shu kunida 17,08 mln kVt/soatni, bu yil esa 26,4 mln kVt/soatni tashkil qilgan.
“Respublikada havo haroratining anomal darajada isishi natijasida elektr qurilmalarida ortiqcha yuklama tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklar oldini olish maqsadida elektr energiyasidan tejamkorlik bilan, shuningdek, sovitish qurilmalaridan ham imkon qadar oqilona foydalanishni, zarur boʻlmaganda, elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qoʻyishni soʻraymiz. Bu bilan barchamiz nafaqat energiya resurslarini saqlab qolamiz, balki elektr qurilmalarining uzoq muddatga ishdan chiqishining oldini ham olgan boʻlamiz. Shu orqali energiya resurslari barcha isteʼmolchilarga barqaror yetib borishiga munosib hissa qoʻshamiz”, deyiladi vazirlik maʼlumotida.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q