Eldor Shomurodov Oʻzbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi

Saqlash
09:06 / 15.06.2023 1328 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma CAFA Nations Cup—2023 2-turi doirasida Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

 

Uchrashuvda Eldor Shomurodov 2 ta gol urib, dubl muallifiga aylandi. Bu Shomurodov uchun terma jamoa safidagi 35 va 36-gollar boʻldi. 27 yoshli hujumchi Maksim Shatskixni (34 ta gol) ortda qoldirgan holda Oʻzbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi.

 

Eldorga 36 ta gol urish uchun 64 ta oʻyin kerak boʻldi. Shatskix esa 34 ta toʻpini 61 ta oʻyinda kiritgan.

 

Oʻzbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati:

 

Eldor Shomurodov — 36;
Maksim Shatskix — 34;
Mirjalol Qosimov — 31;
Aleksandr Geynrix — 31;
Server Jeparov — 25;
Odil Ahmedov — 21;
Igor Shkvirin — 20;
Igor Sergeyev — 17;
Jaʼfar Irismetov — 15;
Ulugʻbek Baqoyev — 14.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish