Hisor davlat qo‘riqxonasida qor qoploni, Ustyurtda asal bo‘rsiq kamera tuzog‘iga tushib qoldi

Saqlash
18:36 / 14.06.2023 1396 0

Hisor davlat qo‘riqxonasida qor qoploni fotoqopqonda muhrlandi. Qor qoploni yoki irbis (Panthera uncia) O‘zbekiston Respublikasining tog‘li hududlarida yashovchi noyob turlardan biri va yagona yirik mushuksimonlar oilasiga mansubdir.

 

Ushbu tur yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan tur hisoblanib, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining “Qizil ro‘yxati” va O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.

 

 

Qor qoploni tog‘larning yuqori qismida yashaydi va dengiz sathidan 2100 dan 4500 metrgacha balandlikda yashaydigan yagona yirik mushuksimonlar oilasiga mansub. U ko‘pincha tuyoqli hayvonlar, mayda qushlar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

 

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Ustyurt platosida asal bo‘rsiq kamera tuzog‘iga tushib qoldi.

 

Asal bo‘rsiqni yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan tur sifatida taʼkidlash mumkin. Asal bo‘rsiq (lotincha, Mellivora capensis) suvsarlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon bo‘lib, tanasining uzunligi 68 – 75 smni tashkil etadi. Afrika, Old, O‘rta va Janubiy Osiyo (Hindiston)da tarqalgan. O‘rta Osiyoda Turkmaniston janubida uchraydi. Uyada hayot kechiradi, 3-4 ta bola tug‘adi. Mayda umurtqalilar va hasharotlar, jumladan arilar va asal bilan oziqlanadi. Juda noyob, kam o‘rganilgan hayvon hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//