Jamiyat
Bu haqda “Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida belgilandi.
Qarorda beliglanishicha, 2023-yil 1-sentabrdan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik isteʼmol ratsioniga asal mahsulotini kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari qaror bilan 2023-yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun g‘o‘zani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qo‘llanilishi;
Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etilishi;
2024-yildan intensiv mevali bog‘larda asalari bilan changlatish agrotexnikasi qo‘llanishi belgilandi.
Har yili 1–10-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.
Asalarichilik subyektlarining “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil qilinadigan ko‘rgazma va konferensiyalarda doimiy ishtirok etishini taʼminlash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q