Jamiyat
Toshkent shahridagi 6 ta tumanning ayrim hududlarida taʼmirlash ishlari sababli elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali xabariga koʻra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish maqsadida 13-iyun, seshanba kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:
Yashnobod tumanining: Yangilik, Muruvvat koʻchalari, Asalobod hamda “Tuzel” 2-mavzelari, Darxon, Ilgʻor shox, Ilgʻor 2-berk, Mirishkor koʻchalarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
Sergeli tumanining: “Soʻgʻdiyona”, “Noʻgʻayqoʻrgʻon” hamda “Belariq” MFYlarining qisman hududlarida soat 13:00 gacha;
Mirobod tumanining: Shahrisabz koʻchasidagi 38 koʻp qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;
Chilonzor tumanining: Dilxush, Goʻzal hamda Qizil sharq koʻchalari hududida soat 18:00 gacha;
Yakkasaroy tumanining: A. Qahhor, 15-31, 4-, 5-tor, Humo, Damariq 1-, 2-tor, Glinka koʻchalarining ayrim hududlarida hamda Kichik halqa yoʻli, “Qushbegi” dahasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha;
Yunusobod tumanining: Kulol qoʻrgʻon koʻchasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ham bildirilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, — deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q