Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonda sodir boʻlgan yirik oʻrmon yongʻinlari munosabati bilan taʼziya yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Davlat rahbari Abay viloyatida sodir boʻlgan yirik oʻrmon yongʻinlari oqibatida insonlar halok boʻlgani va katta ziyon koʻrilgani munosabati bilan prezident Qosim-Jomart Toʻqayevga va qardosh Qozogʻiston xalqiga taʼziya yoʻllagan.
“Shavkat Mirziyoyev qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Qozogʻistonning Abay viloyatida sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinida 14 kishi halok boʻlgani va 12-iyun kuni mamlakatda umummilliy motam kuni deb eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112134
Jamiyat
94818
Jamiyat
90870
Jamiyat
75665
Jamiyat
//
Izoh yo‘q