Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va soliq tizimini soddalashtirishga qaratilgan yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-iyundan boshlab tizimda quyidagi muhim o‘zgarishlar kutilmoqda:
— Kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga o‘tish mezoni amaldagi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshiriladi;
— Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun ixtiyoriy ravishda 6 foizli QQS stavkasi joriy etiladi va ular foyda solig‘idan ozod qilinadi;
— Soliq xavfi 500 million so‘mgacha bo‘lganda — soliq auditi, 100 million so‘mgacha bo‘lganda esa sayyor tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
Mazkur yengilliklar 600 mingdan ziyod kichik biznes subyektiga o‘z faoliyatini sun’iy bo‘lishlarsiz, erkin kengaytirish imkonini beradi. Davlat rahbari ushbu takliflarni ma’qullab, ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112397
Jamiyat
95056
Jamiyat
91263
Jamiyat
75967
Jamiyat
//
Izoh yo‘q