Jamiyat
2023-yil 1-iyun kuni Samarqanddagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan Sh.Boborahimov, M.Saidalimov, O.O‘tkirov va J.Eshnazarov sayr qilib yurishganda ko‘p qavatli uyning 4-qavatida boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rib qolgan.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, o‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun kvartira tomon yugurgan, qolganlari qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, tirik qutqaruv panjarasini yasashgan.
Yigitlardan biri zinapoyadan yugurib chiqayotgan paytda, qizaloq pastga qulab tushgan. Yigitlar uni tutib olishgan.
Aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lgan paytda qizcha balkonga chiqib qolgan.
Samarqand viloyati IIB yuz bergan holatga befarq bo‘lmagan yoshlarga minnatdorchilik bildirgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Рахмат йигитларга ота оналарига минг раҳмат. Ишларига ўқишларига омад. Ана тарбияяя
12:01 / 01.01.1970
Йигитларни ўқишига омад