Madaniyat
“Yangi Oʻzbekiston — yoshlari birlashaylik” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot loyihalarni amalga oshirish uchun bir guruh olimlar, shoir va yozuvchilar, sanʼatkorlar, xususan “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati aʼzolari Xorazm viloyatiga keldi.
Viloyatdagi ilk tadbirlardan biri “Zukko bolajon!” fotoalbomi taqdimoti boʻldi. Ushbu badiiy-musiqali bayram tadbiri Xiva shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etildi. Unda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Farida Umarova, Yodgora Ziyomuhammedova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Dilshod Rajab ham ishtirok etdi.
Tadbir “Zukko bolajon!” fotokoʻrgazmasi hamda milliy qadriyatlarimiz aks etgan koʻrgazmali namoyishlar bilan boshlandi. Tadbirni Maktabgacha taʼlim agentligi boʻlimi boshligʻi Kamola Risqulova va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi boshligʻi Bekzod Abdurimov ochib berib, Yangi Oʻzbekistonning baxtli bolalariga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.
“Ertamiz egalari boʻlgan farzandlarimiz manfaatlarini himoya qilish, ularning jahon andozalariga muvofiq bilim olishi, maʼnaviy kamol topishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zero, bir bolaning ajdodlariga munosib avlod boʻlib, tani sihatlikda komil inson boʻlib voyaga yetishi nafaqat ota-onaning baxti, jamiyatning katta yutugʻi hamdir”, deydi Kamola Risqulova.
Tadbir davomida bolajonlar tomonidan musiqiy chiqishlar va “Olti xalfa” raqsi ijro etildi. Shundan soʻng ularga “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan sovgʻalar topshirildi.
“Zukko bolajon!” fotoalbomi mamlakatimizdagi 17 nafar fan arboblari, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyandalari, olimlar, shoir-yozuvchilar va sportchilar tomonidan maʼnaviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishga hissa qoʻshadigan xulosalar asosida toʻldirilib, 100 dan ortiq lavhalar bilan boyitilgan.
Maʼlumot uchun, shu kunga qadar nogironligi boʻlgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun ham “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Maʼrifat tur”, “Baxtli bolalik”, “Zukko bolajon” loyihalari amalga oshirildi. Loyihalar doirasida 4 ming nafardan ziyod bola qamrab olindi. Shuningdek, joriy yilda ham hududlarda bu kabi tadbirlarni davom ettirish rejalashtirilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q