Tracker va Onix avtomobillari uchun bir kunda 25 mingga yaqin shartnomalar tuzilgan

Saqlash
20:43 / 26.05.2023 1887 0

“UzAuto Motors” kompaniyasi yangilangan komplektatsiyalar uchun shartnomalar tuzish boshlanganini maʼlum qilgandi.

 

Kompaniyaning xabar berishicha, sotuv boshlangan kunning oʻzida 24 878 dan ortiq shartnomalar imzolangan. Shundan 21 489 donaga yaqini Tracker avtomobil modeli uchun tuzilgan.

 

“Ushbu sotuv tahlillari, oʻz navbatida, mijozlarning avtomobillarga boʻlgan talabining ortganini hamda oddiysidan yaxshisiga intilishi oshib borayotganligini koʻrsatadi”, — deyiladi xabarda.

 

 

Xususan, Chevrolet Tracker avtomobilini xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalarning 65 foizi Plus va Redline komplektatsiyalari uchun tuzilgan.

 

Chevrolet Onix avtomobillari uchun tuzilgan shartnomalarning 75 foizi esa aynan uning yangilangan komplektatsiyalariga toʻgʻri keladi.

 

Eslatib oʻtamiz, may oyi boshida “UzAuto Motors” kompaniyasi mazkur avtomobillar uchun buyurtmalarni qabul qilishni vaqtincha toʻxtatgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//