UzAuto Motors yangilangan Tracker va Onix narxlarini eʼlon qildi

Saqlash
15:41 / 25.05.2023 1660 0

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalar qatori uchun shartnomalar tuzish boshlanganligini maʼlum qildi.

 

Kompaniya matbuot xizmatining qayd etishicha, shartnoma uchun ochiq boʻlgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi oʻzgarishsiz qoladi.

Bugundan boshlab, quyidagi modellarga shartnoma rasmiylashtirish mumkin:
Chevrolet Tracker

Avvalgi komplektatsiyalar:

LS — 211 454 880 soʻm.
LTZ — 231 196 000 soʻm.
Premier — 251 142 080 soʻm.

Qoʻshimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:

LS Plus — 223 824 160 soʻm.
LTZ Plus — 246 981 280 soʻm.
Premier Plus — 276 016 160 soʻm.
Redline — 285 834 080 soʻm.

Chevrolet Onix

Avvalgi komplektatsiyalar:

Premier 1 — 207 347 000 soʻm.
Premier 2 — 214 748 000 soʻm.

Qoʻshimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:

Premier 2 Plus — 221 640 160 soʻm.
Redline — 230 624 800 soʻm.

Taʼkidlanishicha, Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining Plus komplektatsiyasi barcha “Isitish tizimi” opsiyalari bilan, jumladan rul, old va orqa oʻrindiqlar (orqa suyanish joyi bilan) yon oynalar, old labovoy oyna isitish tizimi opsiyalari bilan shuningdek, qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar, dvigatel himoya karteri va qoʻshimcha qulay opsiyalar bilan jihozlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//