Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirokida seminar-trening

Saqlash
22:14 / 22.11.2021 1285 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

 

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 28 dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyatini takomillashtirish hamda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimini joriy etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan umumta’lim maktablarida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi 0,5 shtat birligi joriy etilgan. Bugungi kunda respublika bo‘yicha o‘n mingdan ortiq targ‘ibotchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Soha mutaxassislari tomonidan hududlardan kelgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarga mahorat darslari, ma’ruzalar, taqdimotlar uyushtirilyapti.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilarning bildirgan fikrlari inobatga olinib o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlanadi va joylarda xuddi shunda seminar-treninglar tashkil etiladi.

 

Qisqa muddatda respublikada faoliyat yuritayotgan o‘n mingdan ortiq ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ham seminar-treninglarda ishtirok etishadi hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmaga ega bo‘lishadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//