Jamiyat
Oilaviy muhitga yaqin shakldagi yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
“Ruhiy holati buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni bilan moʻtadil, ogʻir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik yoki demensiya tashxisi qoʻyilgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oilaviy muhitga yaqin shakldagi quyidagi:
- 2026-yil 1-iyungacha “Yangi kun” kunduzgi qatnov asosida qarab turish;
- 2026-yil 1-sentyabrgacha uy sharoitida qarab turish;
- 2026-yil 1-oktyabrgacha kichik hajmli “Madad” uyi;
- 2026-yil 1-noyabrga qadar “Ijtimoiy taʼtil” qisqa muddatli joylashtirish kabi yangi ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Ushbu xizmat kichik hajmli “Madad” uylarida tashkil qilinib, ijtimoiy reyestrga kiritilgan ruhiy holati buzilgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ularning qonuniy vakili bilan imzolanadigan shartnomaga muvofiq 1-yilda 1 marotaba shartnomada belgilangan muddatda, biroq koʻpi bilan 2 hafta davomida koʻrsatiladi.
2026-yil 1-iyundan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar tarkibiga “Inson” markazlari xodimlari kiritiladi.
2026-yil 1-iyundan ruhiy holati buzilgan shaxslarga vasiy yoki homiy sifatida tayinlangan shaxslarning vasiylik yoki homiylikdagi shaxslar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi “Inson” markazi tomonidan monitoring qilib boriladi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112458
Jamiyat
95124
Jamiyat
91366
Jamiyat
76042
Jamiyat
//
Izoh yo‘q