Madaniyat
Kuni kecha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Shashmaqom sehri” mavzusida ma’rifiy-madaniy tadbir tashkil etildi. Uni filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos olim va notiq Rahimboy Jumaniyozov olib bordi.
Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo ochib berdi va o‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar an’analari, buyuk bastakorlar, hofiz hamda sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o‘rganish va qayta tiklash, targ‘ib qilish, xalqimizni musiqiy merosimizning eng go‘zal an’analaridan bahramand etish, yosh avlodni maqom san’ati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini kamol toptirish zarurligi, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan o‘zbek maqomi borasida qabul qilingan farmoyish va chora-tadbirlar belgilanganligi kabi qator vazifalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy maqom san’ati markazi bosh direktori Soyibjon Begmatov maqomning kelib chiqishi va hozirgi kundagi rivoji haqida, filologiya fanlari nomzodi Hulkar Hamroyeva “Maqom musiqa san’atining jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni” mavzusida, O‘zbekiston xalq hofizi Isroiljon Vahobov maqom san’atida bayotni to‘g‘ri kuylash bilish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdilar. Psixologiya fanlari doktori Mahmud Yo‘ldoshev esa maqom san’ati bizda Alpomish dostoni yozilgan davrdan beri bor ekani, X asrdan so‘ng bizgacha yozma holatda yetib kelganini aytib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Xalq hofizi Hasan Rajabiy “Ushshoq”, “Kuygay”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova “Qashqarcha ushshoq", "Toshkent irog‘i", O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Komila Aminova “Munojot” qo‘shig‘ini maromiga yetkazib ijro etdilar.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q