
Jamiyat
«Chegara bilmas muxbirlar» (RSF) tashkiloti Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan yillik hisobotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘z erkinligi o‘tgan yilgiga qaraganda to‘rtta pog‘onaga pasayib, 133-o‘rindan 137-o‘ringa tushgan. Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mavjud 100 balldan 45,73 ball jamg‘arilgan.
«15 ga yaqin internet nashri sifatli kontent chop qiladi», deyiladi hisobotida.
O‘zbekistondan tashqari Rossiya (164- o‘rin), Belarus (157-o‘rin), Tojikiston (153-o‘rin), Qozog‘iston (134-o‘rin), Qirg‘izistonning (122-o‘rin) so‘z erkinligi bilan bog‘liq reytingi yomonlashgan.
So‘z erkinligi eng yuqori deya Norvegiya, Irlandiya va Daniya topilgan bo‘lsa, eng yomon deb Shimoliy Koreya, Xitoy va Vetnam qayd etilgan.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q