Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi onlayn savdo platformalaridan birida Toshkent shahrining 250 milliard AQSH dollariga sotuvga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarni platformaga joylashtirgan shaxs 15 yoshli o‘quvchi ekani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, e’lonni joriy yilning 7-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 15 yoshli maktab o‘quvchisi joylashtirgan. Yigit bu ishini hazil tariqasida qilganini, hech qanday yomon niyati bo‘lmagani va afsusda ekanini bildirgan.
“Men shunga o‘xshash e’lonni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rgandim. Uni o‘zimizning Toshkentga moslashtirib, hazil qilib qo‘yganman. Men uning bu darajada ommalashib ketib, odamlarning negativ fikrlariga sabab bo‘lishi uchun tarqatmaganman. Undan pozitiv maqsad ko‘zlaganman”, deydi u.
Savdo kompaniyasining bosh direktorining aytishicha, mutaxassislar tomonidan qo‘yiladigan har bitta e’lon tekshirilib nazoratga olinadi. Shu qatorda Toshkentning sotuvga qo‘yilishi haqidagi e’lon ham bir necha daqiqa ichida bloklangan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109640
Jamiyat
94029
Jamiyat
89791
Jamiyat
72953
Jamiyat
//
Izoh yo‘q