Aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq normalar 4 barobar koʻpaytirilmoqda

Saqlash
18:57 / 27.04.2023 1213 0

Toshkent viloyatida “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

 

Viloyatdagi tumanlarda olib borilayotogan targʻibot tadbirlarida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov, Oʻzbekiston xalq artisti Munojot Yoʻlchiyeva, “Maʼrifat” targʻibotchilar guruhi aʼzosi Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarov, Oʻzbekistonda xizmat artist Tojibar Azizova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyat boʻlimi rahbari Sayyora Fayziyeva, bir guruh xonanda va faollar qatnashoqda.

 

 

 

 

Bosh qomusimizga kiritilayotgan asosiy oʻzgartirishlar, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda kafolat sifatida Oʻzbekiston “suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekanligi alohida belgilanayotgani aholiga xalqchil tarzda yetkazib berilmoqda. Soʻzga chiqqanlar, shuningdek, Konstitutsiyaga aholining kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham kiritilgani haqida gapirib oʻtdi. Darhaqiqat, aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq normalar 4 barobar koʻpaytirilmoqda. Maʼruzachilarga koʻra, bu aholi salomatligini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar oʻlimi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga ega.

 

 

 

 

 

 

 

Madaniyat markazlari, taʼlim muassasalari, harbiy qismlar va mahallalarda olib borilayotgan tadbirlarda maʼruzalardan tashqari, xonanda va shoirlar ham oʻz chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda.

 

 

 

Hududlarda xayr-saxovat tadbirlari ham tashkil etilmoqda, shifoxonalarga tashriq buyurilmoqda. Ijtimoiy daftarda turuvchi oila vakillari bilan muloqot qilinib, ularga sovgʻalar topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//