Oʻzbekistonda Xalqaro tijorat sudi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
18:51 / 27.04.2023 1187 0

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida boʻlib oʻtgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq soʻzlagani haqida xabar berilgandi.

 

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

“Men xorijiy kompaniyalar va tadbirkorlar bilan koʻproq muloqot qilishga intilaman. Sizlarning gʻoya, taklif va tashabbuslaringiz menga kuch-gʻayrat beradi, yangi islohotlarga undaydi. Shu bois, yangi-yangi investorlar bilan tez-tez uchrashuvlar oʻtkazishga, sizlarning yurtimizdagi yutuqlaringizni shaxsan kafolatlashga tayyorman”, — dedi Prezident.

 

Qayd etilishicha, investorlar huquqlarini sud orqali kafolatli himoya qilish borasida katta qadamlar qoʻyilmoqda.

 

Bundan buyon, tadbirkor va investorlar sudda oʻz talabining toʻgʻriligini isbotlashi shart emas. Endi davlat idorasi oʻz qarorining qonuniyligini isbotlab berishga majbur boʻladi. Yuzaga kelgan har qanday noaniqliklar esa investorlar foydasiga hal qilinadi.

 

Qonunlarda xalqaro arbitraj sudlari qarorlarini majburiy ijroga qaratish mexanizmlari mustahkamlab qoʻyildi.

 

“Joriy yilda ham tadbirkorlar huquqini himoya qilish boʻyicha islohotlarimiz davom ettiriladi. Jumladan, xalqaro ekspertlar koʻmagida tariximizda ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi”, — dedi davlat rahbari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//