Prezident nomiga yo‘llangan murojaatlar asosan qaysi sohalarga taalluqli?

Saqlash
11:53 / 19.05.2026 47 0

Joriy yilning 1-choragida Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, eng ko‘p murojaatlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakolatidagi masalalarga bo‘yichadir.

 

Keyingi o‘rinlarni Majburiy ijro byurosi hamda Ichki ishlar vazirligi egallagan.

 

Vazirlik va idoralar vakolati doirasidagi masalalarga oid murojaatlarning kelib tushish soni quyidagicha:
▪️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 26 077 ta;
▪️ Majburiy ijro byurosi — 24 889 ta;
▪️ Ichki ishlar vazirligi — 22 623 ta;
▪️ Energetika vazirligi — 17 791 ta;
▪️ Sog‘liqni saqlash vazirligi — 12 699 ta;
▪️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 12 152 ta;
▪️ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 11 444 ta;
▪️ O‘zbekiston mahallalari uyushmasi — 10 546 ta;
▪️ Bosh prokuratura — 9 462 ta;
▪️ Markaziy bank va tijorat banklari — 8 549 ta;
▪️ Oliy sud — 6 343 ta;
▪️ Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi — 5 453 ta;
▪️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 4 796 ta;
▪️ Soliq qo‘mitasi — 4 296 ta;
▪️ Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi — 3 831 ta;
▪️ “O‘zsuvta’minot” AJ — 3 459 ta;
▪️ Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi — 3 115 ta.

 

Ta’kidlanishicha, Prezident nomiga yo‘llanayotgan murojaatlarning katta qismida, aslida, vazirlik, qo‘mita, idoralar va mahalliy hokimliklar darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar ko‘tarilgan.

 

Muhim jihat esa Prezident Xalq qabulxonasiga yuborilgan har bir murojaat ko‘rib chiqilishi va ijrosi ta’minlanishi uchun tegishli vazirlik hamda idoralarning respublika bo‘g‘iniga yuboriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//