Jamiyat
Prezident avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va tarmoq raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda avtomobilsozlikda ishlab chiqarish hajmini va band bo‘lganlar sonini 1 milliontaga yetkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xabarga ko‘ra, yengil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish hamda yig‘ish bo‘yicha ko‘plab loyiha takliflari kelib tushmoqda. Har bir loyiha bozor talabi va iqtisodiy samara asosida baholanishi, asosiy e’tibor tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lishga qaratilishi zarurligi ta’kidlandi.
Taqdimotda “Volkswagen” avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi haqida ham axborot berildi. Birinchi bosqichda Toshkent shahrida yirik uzelli ishlab chiqarishni boshlash ko‘zda tutilgan. Keyingi bosqichda Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida to‘liq siklda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va eksport bozorlariga chiqish rejalashtirilgan.
Bugungi global vaziyat avtomobilsozlik sohasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgan ekan, texnologik mustaqillikni ta’minlash, innovatsiyalarni joriy etish va eksport hamda logistika cheklovlariga kamroq bog‘liq bo‘lgan raqobatbardosh milliy mahsulotlar yaratish vaqti kelgani ta’kidlandi.
Bu borada Andijon va Jizzaxda zamonaviy muhandislik maktablari ochilgani, yosh tadqiqotchilar va muhandislar shakllanayotgani, umuman, mahalliy mahsulotlarni kengaytirish va yakuniy mahsulot yaratish uchun zarur intellektual salohiyat mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu maqsadda “O‘zavtosanoat” AJ tizimida Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati rivojlantirilishi belgilandi.
Sohadagi yana bir katta imkoniyat – ehtiyot qismlar bozori ekani urg‘ulandi. Shu munosabat bilan ehtiyot qismlar bozorini tartibga solish, mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish, sertifikatlash tizimini takomillashtirish va zamonaviy sinov laboratoriyalarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.
2026-yil yakuniga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Avtomobil ehtiyot qismlar bozorini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Davlat rahbari avtomobilsozlik sanoati mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri ekanini ta’kidlab, sohada raqobatni kuchaytirish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, milliy muhandislik maktabini rivojlantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati raqobat va iste’molchi manfaatiga yo‘naltirilgan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘n yil avval avtomobil bozori deganda bitta ishlab chiqaruvchi va uzoq navbatlar tushunilgan bo‘lsa, bugungi kunda “Chevrolet“, “BYD”, “KIA” va “Hyundai” kabi yirik brendlar bilan hamkorlikda 5 ta avtomobil zavodi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda “Volkswagen”, “Foton” va “JAC” zavodlari ishga tushirilishi rejaga kiritilgan.
Muhim jihati – bu o‘zgarishlarni aholi bevosita his qilmoqda. Bozorda tanlov kengaygan, uzoq navbatlar barham topgan. Bundan tashqari, joriy yilda avtomobil savdosiga 20 ta bank jalb qilinib, avtomobillarning 95 foizi bo‘lib-bo‘lib to‘lash va qulay kredit tizimi orqali sotildi.
Ayni paytda qo‘shni davlatlar uchun ham avtomobil va butlovchi qismlar ishlab chiqarish rivojlanmoqda. Soha atrofida yangi kooperatsiya zanjirlari shakllanib, 10 mingdan ortiq yoshlar zamonaviy texnologiyalar asosida ishlamoqda. 300 dan ziyod korxona “Chevrolet”, 40 ga yaqin korxona “KIA” va “BYD” uchun butlovchi qismlar yetkazib bermoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112325
Jamiyat
94997
Jamiyat
91121
Jamiyat
75884
Jamiyat
//
Izoh yo‘q