Shavkat Mirziyoyev bugun ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

Saqlash
10:04 / 27.04.2023 989 0

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlat rahbari forumning yalpi majlisida nutq soʻzlaydi.

 

Prezident matbuot xizmatiga koʻra, sessiyada Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, BMT Bosh kotibining oʻrinbosari Olga Algayerova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan ham qatnashadi. Sessiyaga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari boʻyicha direktori Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

 

Davlat rahbari forum doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi ham rejalashtirilgan.

 

Umuman, tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish