Mingbuloq tumanida Maʼnaviyat maskani foydalanishga topshirildi

Saqlash
16:33 / 27.04.2023 1204 0

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida zamonaviy va barcha qulayliklarga ega Maʼnaviyat maskani foydalanishga topshirildi.

 

Keng jamoatchilik, nuroniylar va yoshlar, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar hamda OАV vakillari ishtirok etgan marosimda soʼz olgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi rahbari M.Аppaqov, tuman hokimining o‘rinbosari F.Yo‘ldoshevlar ushbu maskan o‘ziga xos ijodiy, aql markazlariga aylanishi, rang-barang tadbirlar, loyihalar amalga oshiriladigan, ziyoli insonlar qadami arimaydigan joy bo‘lishi lozimligini, shuningdek, bugungi kunda konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va ularning insonlar hayotidagi o‘rni borasida fikr bildirib o‘tishdi.

 

 

 

Ochilish marosimi davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy sahna ko‘rinishlari hamda maskanda o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual turniri tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

 

 

 

 

Tadbirda bir qator faollar, tashabbuskor yoshlar, tanlov g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

Tumanda foydalanishga topshirilgan ushbu “Maʼnaviyat maskani”da bo‘linma rahbari, mutaxassislar uchun xonalar, tadbirlar uchun kichik zal, kutubxona hamda turli to‘garaklar uchun xonalar joylashgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//