Jamiyat
Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxsni ekstraditsiya qilish boʻyicha protsedura amalga oshirildi.
Interpolning Varshava va Toshkent Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi faol saʼy-harakatlari natijasida 2022-yilning mart oyida Polshada Interpolning Qizil xabarnomasiga aloqador shaxs sifatida hibsga olingan, Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik uchun qidiruvga berilgan shaxs ekstraditsiya qilindi.
Qidiruvdagi shaxs jabrlanuvchi Janubiy Koreyaga ishlash uchun chet elga chiqish niyatida ekanini bila turib, hujjatlarni rasmiylashtirish va mamlakatga kirishga ruxsat olish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilgan va bu ishlar sarf-xarajat talab qilishini bildirgan. Shu tarzda, qisqa vaqt ichida u bir necha kishilarni pulga tushirgan.
Ushbu shaxs pullarni oʻzlashtirgan hamda vaʼdalarini bajarmagan holda chet davlatga qochishga muvaffaq boʻlgan, biroq Oʻzbekiston va Polsha davlatlari MMB xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida u aniqlandi va qoʻlga olindi.
Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya toʻgʻrisidagi soʻrovi qanoatlantirilgandan soʻng, Interpol xodimlari hamrohligida shu kunlarda u Oʻzbekistonga olib kelindi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q