Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Italiya mudofaa vaziri Krozetto Gvidoni qabul qildi. Bu haqda vazirlikning Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Rasmiy qabul marosimi avvalida nufuzli mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Uchrashuvda xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, uning rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida ikki davlat mudofaa idoralari oʻrtasida shtab muzokaralarini oʻtkazish anʼanaga aylangani eʼtirof etildi.
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Suhbat yakunida Oʻzbekiston va Italiyaning harbiy va harbiy-texnik sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari yuqori baholandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q