Yangi Konstitutsiya – xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi 

Saqlash
21:10 / 26.04.2023 1262 0

26-aprel kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi “Kamolon Darvoza” mahallasida Yangi Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar mazmun mohiyatiga bagʻishlangan “Yangi Konstitutsiya – xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi” shiori asosida “Ayol eʼzozlangan yurt” nomli tadbir boʻlib oʻtdi. 

 

Yangi Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar mazmun mohiyatiga bagʻishlangan mazkur targʻibot tadbirida “Oqila ayollar” harakati yetakchilari,  tadbirkor ayollar, davlat mukofoti sovrindorlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha targʻibotchilar, keksa va nuroniy onaxonlar, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

 

Soʻzga chiqqanlar Yangi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini, davlat va jamiyatda olib borilayotgan islohotlar dolzarbligi, ularga hamohang fuqarolar ongli ravishda faoliyat olib borishi lozimligi haqida gapirdi.

 

Tadbirda, shuningdek, konsert dasturi ham namoyish etilib, qatnashchilarga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//