Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 26-aprel, chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda amaliy hamkorlikni kengaytirish, savdo munosabatlari sur’atini ta’minlash va yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat yetakchilari shu kunlarda o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining samarali natijalarini qayd etdi. Ushbu tadbirda 35 mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakili ishtirok etmoqda.
Suhbat chog‘ida avtomobilsozlik, temiryo‘l transporti, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor tarmoqlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Sanoat ipotekasi, klasterlar, industrial rivojlanish jamg‘armasi kabi vositalarni rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribani o‘rganishdan manfaatdorlik bildirildi. Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston prezidenti Konstitutsiya bo‘yicha bo‘lajak referendumning Rossiya hududida o‘tkazilishiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Rossiya arezidentiga minnatdorlik bildirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q