Siyosat
Toshkentda 3 yoshar qiz enaganing uyida vafot etdi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yilning 25-aprel kuni 1996-yilda tugʻilgan D.U. Sergeli tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, sinfdoshi 1996-yilda tugʻilgan Sh.N.ga 2020-yilda tugʻilgan farzandi S.U.ni enagalik qilishi uchun topshirganini, lekin farzandi uning xonadonida vafot etganini maʼlum qilgan.
“Tekshiruv jarayonida Sh.N. voyaga yetmagan S.U. 24-aprel kuni yertoʻlaga tushish zinasidan yiqilib tushgani, lekin oʻrnidan turib, yana oʻynab ketgani sababli uning onasiga bu haqda xabar bermagani, shifokorlarga ham S.U.ga tibbiy yordam koʻrsatishi uchun murojaat qilmaganini maʼlum qilgan. S.U. esa 25-aprel kuni taxminan soat 10:00 larda xushidan ketib yiqilgan va tez tibbiy yordam xodimlari kelguniga qadar vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Marhumaning oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilgan. Gumon qilinuvchi Sh.N. protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Zarifa
12:01 / 01.01.1970
Menimcha onani ham jazolash kerak bolasini shu begona ayolnikiga berib qo'ygani uchun. Qizcha zinadan yiqildimi yo enaga aldab turibdi hudo biladi. Bugun millar dasturida onasi garipdi qizim peshonida g'urra ko'rdim dedi .bu ona qanday tashlab ketgan bolasini .