Jamiyat
Vazirlar Mahkamasida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Prezidentning “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2023-yilda:
dasturlar doirasida 2,8 trln so‘m kredit mablag‘lari “Mikrokreditbank” ATB, AT “Xalq banki” va “Agrobank” ATBning o‘z resurslari hisobidan ajratiladi;
kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish uchun mikrokreditlar miqdori 3 mln so‘mgacha oshiriladi.
Ushbu mikrokreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tijorat banklari bilan birgalikda ajratilgan kreditlarning belgilangan muddatlarda so‘ndirilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20-apreldan kuchga kirdi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q