Bugun Toshkentning 3 tumanida “svet” boʻlmaydi

Saqlash
16:14 / 26.04.2023 1122 0

Bugun, 26-aprel kuni poytaxt Toshkentning Yakkasaroy, Yashnobod hamda Yunusobod tumanlari hududlaridagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik oʻchirildi.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati elektr energiyasidan uziladigan hududlar roʻyxatini taqdim etdi:

 

Yunusobod tumanining – Usta Shirin, F.Kamol, S.Abdulla, Jalilov, Kislovodskiy hamda Iftixor koʻchalarida;

 

Yashnobod tumanining – Fidokor, Ibrat, Iftoxor, Avezov, Murabbiy, Yangihayot, Darxon, Ilgʻor, Tolariq, Xonariq, Pungan, Chinor, Donishmand, Abay, Yangi Iqbol, Serikbayev, Abadiyat, Tuzel,  M. Avezov, Goʻzal, Temir yoʻl, Jarboshi koʻchalarida;

 

Yakkasaroy tumanining – “Yakkasaroy” mahallasining Yakkasaroy, Yakkasaroy 1-, 2-, 3-tor hamda Spitamen koʻchalari, “Muqimiy” MFYning Yoqut, Xazinabogʻ,Sirojiddinova koʻchalari, shuningdek, “A.Qahhor” MFYning Xumo, Damariq 2-tor va A.Qahhor 5-tor koʻchalaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchirildi.

 

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish uzilishga sabab qilib koʻrsatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//