Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi 2 ta chegara posti faoliyati tiklanishi mumkin

Saqlash
15:40 / 26.04.2023 1220 0

Oʻzbek-turkman hukumatlararo qoʻshma komissiyasining yigʻilishida Turkmaniston hududida joylashgan Oʻzbekiston suv xoʻjaligi obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi ishchilar uchun “Vaxta” rejimini bekor qilish hamda “Tallimarjon-Tallimerdjen” va “Drujba-Gazodjak” chegara postlari faoliyatini qayta tiklash, Amudaryo suv resurslarini birgalikda boshqarish tizimini va maʼlumotlar almashinuvini avtomatlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. 
 

Bundan tashqari, Amudaryo qirgʻoqlarini mustahkamlash va oʻzanlarini toʻgʻrilash orqali suv yoʻqotilishini kamaytirish hamda suvning toʻsiqsiz oʻtish choralarini koʻrish, “Tuyamoʻyin gidrouzeli Sultonsanjar toʻgʻonida suv filtratsiyasiga qarshi devor qurish” hamda “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital qayta tiklash” (Faza-3) loyihalari doirasida jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarga Turkmaniston hududiga kirish vizalari berish koʻrib chiqildi. Koʻrilgan masalalar yuzasidan bayonnoma imzolandi. 
 

Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishini 2024-yilda Turkmanistonning Turkmanobod shahrida oʻtkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//