Jamiyat
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik” ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan piyozning “Malla” navi yaratildi.
Hozirda ushbu navga patent olish uchun hujjatlar topshirilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu nav intensiv usulda yetishtirilayotgani bilan ajralib turadi.
Yangi piyoz navining urugʻi yerga martning dastlabki oʻn kunligida sepiladi. 15 sotix yer maydoniga 10-12 kilogramm piyoz urugʻi sepiladi, shu maydondan terib olingan piyozboshchalar bir gektar maydonga yetadi. Piyozboshchalar gilos kattaligida boʻlgandan soʻng yigʻib olinadi. Piyozboshchalar quritilib, alohida joyga olib qoʻyiladi. Sentabr oyining birinchi dekadasida piyozboshchalar 70×10 sxemada 4 qatordan gektariga 571,4 ming dona ekiladi.
Piyozboshchalar ekilganidan soʻng unga bir marotaba suv qoʻyiladi. Shundan soʻng piyozboshchalar koʻkara boshlaydi.
Qishning sovuq kunlarida yetishtirilgani uchun piyozlarni oʻtash shart emas, sababi, ushbu mavsumda oʻtlar oʻz-oʻzidan nobud boʻladi.
Ekilgan piyozlarga erta bahorda bir marotaba ishlov beriladi. Shuningdek, bir marotabadan kultivatsiya va chopiq, yengil oziqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Uni yana ikki marotaba sugʻoriladi.
Bahorda, yaʼni 15-aprelda piyoz texnik pishib yetiladi va aholi isteʼmoli uchun mahalliy bozorlarga chiqariladi. Yangi piyoz navining afzalligi – u odatiy piyozlarga qaraganda bir oy oldin pishib yetiladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q