Jamiyat
Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan oʻtolmagan oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Joʻrabek Jangirov aytib oʻtdi.
U 2023/2024 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni qabul qilish yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga aniq fanlar yoʻnalishiga qabul 5 – 11-sinflarga, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 7 –11-sinflarga, keyingi oʻquv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi.
Har bir sinfga 24 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida eʼlon qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan oʻtgan oʻquvchilar toʻliq bepul taʼlim olishadi.
Kirish imtihonlari natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.
Prezident maktablarining 5-sinf kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, oʻqishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida oʻz hududidagi oʻzlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida oʻqish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.
Bunda, talabgorlar Prezident maktabiga saralash imtihonlarining ikkinchi bosqich javoblari eʼlon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ixtisoslashtirilgan maktab direktori nomiga oʻqishga qabul qilishni soʻrab ariza bilan murojaat etishlari lozim.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q