Jamiyat
“Oʻzgidromet” ish haftasi (25−28-aprel kunlari) davomida kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Dushanba kuni va hafta davomida Oʻzbekiston boʻyicha havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Fargʻona vodiysining ayrim togʻli hududlarida va respublika janubida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning barcha hududlarida haroratning koʻtarilishi davom etadi. Havo harorati kechalari +13…+15 darajagacha, baʼzi joylarda +16…+18 darajagacha, kunduz kunlari +30…+33 darajagacha, choʻl hududlarda va respublika janubida baʼzi joylarda +35…+37 darajagacha koʻtariladi. Bu aprel oyining oxirgi oʻn kunlik meʼyoriy qiymatlaridan +4…+6 darajaga yuqoridir.
Poytaxtda dushanba kuni va ish haftasining oxirigacha havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechasi +12…+14 daraja, kunduzi +28…30 daraja boʻladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q