Jamiyat
Oʻtgan yilning dekabr oyida prezident rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2023-yilda dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi. Davlat rahbari joriy yilning 20-aprel kuni yangi farmoni bilan yuqoridagi hujjatga oʻzgartirishlar kiritdi.
Yangi farmonga koʻra, ish haftasi turidan qatʼi nazar, 30-iyun (juma) barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni deb eʼlon qilindi.
Bundan tashqari, 6 kunlik ish haftasiga ega boʻlgan ishchilar uchun 1-iyul (shanba) qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
Avvalroq Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bu yil Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Qurbon hayitining aniq sanasi yoʻq, u Ramazon hayitidan 70 kun oʻtgach nishonlanadi.
2023-yilda Qurbon hayiti 29-iyun (payshanba) kuni nishonlanishi mumkin. Biroq hozir turli manbalarda sanalar har xil - 28-iyundan 30-iyungacha. Xususan, Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi Qurbon hayiti 28-iyun kuni nishonlanadi, deb hisoblayapti.
Oʻzbekistonda aniq sana bayramga yaqinroq belgilanadi. Qonunchilikka koʻra, bayram kuni bir kunga kechiktirilishi mumkin.
Shunday qilib, Qurbon hayitda Oʻzbekiston aholisi kamida uch kun ketma-ket dam oladi:
- 2023-yil 30-iyun (juma) - ish haftasi turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
- 2023-yil 1-iyul (shanba) - 6 kunlik ish haftasi boʻlgan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
- 2023-yil 2-iyul (yakshanba) taqvim boʻyicha dam olish kuni hisoblanadi.
Qurbon hayiti 29-iyun (payshanba) kuni nishonlansa, oʻzbekistonliklar qatorasiga toʻrt kun dam oladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q