Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 16 yoshli qiz janjal sabab binoning 3-qavatidan oʻzini tashlagani haqida xabar tarqaldi. Holat Bosh prokuratura tomonidan oʻrganib chiqildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5-aprel kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 9-sinf oʻquvchisi X.M. (16 yoshli qiz bola) yashab kelayotgan uyning 3-qavatida balkon oynasini artayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib, tan jarohati olgan.
X.M.ga darhol tez tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda voyaga yetmagan X.M.ning ahvoli yaxshi ekani aytiladi.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110011
Jamiyat
94297
Jamiyat
90156
Jamiyat
73449
Jamiyat
//
Izoh yo‘q