Madaniyat
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan Ayollar jazoni ijro etish koloniyasida “Sharq ayoli maʼrifati” tadbirlari doirasida “Ayol baxtli boʻlsa, jamiyat baxtli boʻladi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorligida tashkil etildi.
Unda professorlar hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati a’zolari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi xodimlari ishtirok etib, davlat tomonidan xotin-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdagi tashabbuslar haqida toʻxtalib, jamiyatda har bir ayol oʻz oʻrnini topishga, oilasida va yaqinlari davrasida baxtli yashashga haqli ekanliklarini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, elimiz ardogʻidagi taniqli yozuvchi va shoirlar tomonidan ham xotin-qizlar oʻrtasida mushoira tashkil etildi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi va shoira Isaxonova Shahodat, shoira Saydalimova Dilshod, shoira Jumayeva Gulbahorlar tomonidan oʻzbek ayolini madh etuvchi sheʼrlar oʻqib eshittirildi.
Shuningdek Ayollar jazoni ijro etish koloniyasining tarbiyalanuvchilari orasida ham ijod bilan shugʻullanib kelayotgan, mahkuma, ijodkor ayollardan ham oʻzlarini ijod namunalaridan oʻqib berishdi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan kitobxonlikni targʻib etish maqsadida 32 nomdagi 156 dona badiiy adabiyotlar Ayollar jazoni ijro etish koloniyasining kutubxonasiga taqdim etildi.
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqa teatri xori yakkaxon xonandasi Ravshanbek Dadajonov repertuaridagi kuy-qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishlash bilan birga tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Tadbir yakunida, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda hamkor vazirlik va idoralar tomonidan sayyor qabul uyushtirilib, mahkuma ayollarning muammolari atroflicha oʻrganildi.
Ma’lumot uchun, azkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, Jazoni ijro etish muassasalarida hamda ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan muloqotlar oʻtkazish va tashvishlarini hamda oilalaridagi muammolarini eshitishga qaratilgan. Shuningdek, muloqotlar yakunlari boʻyicha har bir mahkuma va uning oilasi bilan manzilli ishlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash, mahkuma xotin-qizlarning oilalaridagi muammolarini oʻrganish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha manzilli choralarni amalga oshirish, jumladan, bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, psixologik, huquqiy yordam koʻrsatish, mahkuma xotin-qizlar oʻrtasida milliy qadriyatlar va kitobxonlikni targʻib qilish rejalashtirilgan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q