Jamiyat
Qashqadaryo viloyatida “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Hududlarda tashkil etilayotgan tadbirlarda viloyat hokimi Murodjon Azimov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, sektor rahbarlari, bir guruh fan va madaniyat xodimlari ishtirokida tadbirkorlar va ishbilarmonlar qatnashmoqda.
Madaniyat markazlari, taʼlim muassasalari, harbiy qismlar va mahallalarda olib borilayotgan targʻibot tadbirlarida soʻzga chiqayotganlar soʻnggi yillardagi oʻzgarishlar, yuksalishlar haqida aytib oʻtib, barchani 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda faol qatnashishga chaqirmoqda.
Mehmonlar yangi Konstitutsiya har tomonlama xalqchil boʻlayotgan haqida fikr bildirib, unda ilk marotaba yer xususiy mulk boʻlishi mumkinligi nazarda tutilayotganini alohida taʼkidlashmoqda.
Shuningdek, hududlarda xayr-saxovat tadbirlari ham tashkil etilmoqda. Ijtimoiy daftarda turuvchi oila vakillari bilan muloqot qilinib, ularga sovgʻalar topshirildi. Bundan tashqari, “Maʼnaviyat festivali” doirasida shifoxonalardagi bemorlarning holidan xabar olinyapti, tadbirkorlik obyektlari bilan tanishilmoqda.
Tadbirlardagi chiqishlar, diltortar kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q