Ramazon oyi 29 kun boʻlishi mumkinmi? Fatvo markazi direktori oʻrinbosari bunga javob berdi

Saqlash
16:42 / 19.04.2023 7952 0

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi fatvo markazi direktori oʻrinbosari, Toshkent Islom instituti oʻqituvchisi Gʻulomiddin Xolboyev Ramazon oyi necha kun boʻlishi haqidagi savolga javob berdi.

 

Uning soʻzlariga koʻra, Ramazon oyi 29 kun boʻlishi ham mumkin, buning sababi Oyga bogʻliq.

 

“Bu yilgi Ramazon 29 kun boʻlishi haqida juda-juda koʻp savollar kelyapti. Bu yilgi Ramazonning 29 yoki 30 kun boʻlishi borasida muftiy hazrat boshchiligidagi ishchi guruh, ulamolar qattiq izlanyapti, bu masalani oʻrganyapti. Tez kunlarda bizga bu boradagi oxirgi xulosalarini eʼlon qiladilar. Ramazon 29 kun boʻlishi mumkinmi, degan savolga toʻxtaladigan boʻlsak, Ramazon 29 kun boʻlishi mumkin. Chunki shu paytgacha bir necha marta mana shunday 29 kun qilib musulmonlar roʻza tutganlar. Buning sababi Oyga bogʻliq. Masalan, biz-u siz biladigan shamsiy oylar necha kun boʻlishi aniq. Lekin ibodat hisob-kitob qilinadigan oy qamariy oylar bilan hisob-kitob qilinadi. Bunday oylar yo 29 kun yo 30 kun boʻladi. Oyning chiqishiga qarab farq qiladi”, — deydi Gʻulomiddin domla Xolboyev.

 

Shuningdek, Ramazon hayitining ilk kuni borasida muftiy boshchiligidagi ishchi guruh, ulamolar izlanayotgani, tez orada bu boʻyicha maʼlumot taqdim etilishi qoʻshimcha qilingan. Avvalroq mazkur ishchi guruh vakillari mamlakatning turli hududlarida hamda AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya mintaqalarida ham kuzatish ishlarini olib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//