Jamiyat
19-aprel kuni Toshkent metropolitenining yerusti yoʻnalishidagi “6-bekat (Yangiobod bozori) va 7-bekat (Qoʻyliq bozori)” oraligʻida poyezdlar harakati toʻxtatildi.
“Toshshahartransxizmat”ning maʼlum qilishicha, bunga Toshkent metropolitenining navbatdagi bosqichini qurish ishlari sabab boʻlgan.
Shu munosabat bilan yoʻlovchilarning jamoat transportiga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan, “Qoʻyliq dehqon bozori” soʻnggi bekatidan THAY, Rohat aylanma yoʻli, THAY orqali Yangiobod bozori bekatigacha harakatlanuvchi, yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatuvchi “Qoʻyliq dehqon bozori — Yangiobod bozori” vaqtinchalik avtobus yoʻnalishi tashkil etildi.
“Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yoʻnalishidagi harakat jadvallari soni 4 ta, yoʻnalishning ish tartibi soat 5:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilanganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q