Jamiyat
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida o‘rmon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 3 gektar yerni noqonuniy sotishga urinishning oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.
Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va IIB korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.N. Oqdaryo tumanidagi o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 3 gektar yer maydonini fuqaro R.T.ga 25 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109637
Jamiyat
94028
Jamiyat
89790
Jamiyat
72951
Jamiyat
//
Izoh yo‘q