Jamiyat
Surxondaryo viloyatida “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Viloyatdagi hududlarda tashkil etilayotgan tadbirlarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimlari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, sanʼatkor va faollar qatnashmoqda. Madaniyat markazlari, taʼlim muassasalari, harbiy qismlar va mahallalarda olib borilayotgan targʻibot tadbirlarida soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillardagi oʻzgarishlar, yuksalishlar haqida aytib oʻtib, barchani 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda faol qatnashishga chaqirmoqda.
Maʼruzachilar konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamiga batafsil tushuntirib bermoqda. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda “inson manfaati har narsadan ustun” degan mezon asos qilib olingani alohida taʼkidlanmoqda.
Hududlarda xayr-saxovat tadbirlari ham tashkil etilmoqda. Ijtimoiy daftarda turuvchi oila vakillari bilan muloqot qilinib, ularga sovgʻalar topshirilmoqda. Shuningdek, shifoxonalardagi bolalarning ham holidan xabar olinyapti.
Poytaxtdan kelgan mehmonlarning chiqishlari va diltortar kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda. Bu turdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar viloyat boʻylab davom etmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q