Bugun O‘zbekistonda salqin ob-havo saqlanib qoladi

Saqlash
14:41 / 18.04.2023 991 0

“O‘zgidromet” bugun, 18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, baʼzi joylarda 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida 1-3 daraja sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//