Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Murod Xidir vafot etdi

Saqlash
03:05 / 18.04.2023 1537 0

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Murod Xidir 84 yoshida hayotdan koʻz yumdi.

 

Murod Xidir 1939-yili Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tugʻilgan. 1962-yili Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. “Qashqadaryo haqiqati” va “Kelajak tongi” gazetalaridagi publitsistik maqolalari bilan elga tanilgan. “Guliston”, “Sharq yulduzi” va “Sanʼat” jurnallarida muharrirlik faoliyati bilan shugʻullangan. “Sirli olam” jurnali, “Qalb koʻzgusi” va “Sohibqiron yulduzi” gazetalarida esa bosh muharrir boʻlib ishlagan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ham turli lavozimlarda xizmat qilgan.

 

Murod Xidir “Qirgʻoqlar”, “Amu sohillari boʻylab”, “Koʻzacha va boʻtacha”, “Toshkoʻl”, “Kiyikcha va boʻynoq”, “Harf oʻyini” kabi kitoblar muallifi. Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//