Jamiyat
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.M. fuqaro N.X.ni tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi O‘sh davlat universitetining yuridik yo‘nalishiga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “E.S.” MCHJ rahbari M.B. fuqaro M.T.ning Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Sinergiya universitetidagi o‘qishini 1 500 AQSh dollari evaziga Namangan davlat universitetiga ko‘chirib berish va imtihonlardan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q