Hafta davomida quruq va salqin ob-havo kuzatiladi

Saqlash
17:52 / 17.04.2023 1079 0

Joriy yilning 17-18-aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Mazkur kunlarda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. Cho‘l hududlarda va Farg‘ona vodiysida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 12-15 daraja, respublika shimolida 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kechasi harorat 2-7 daraja iliqgacha, shimolda ba’zi joylarda 3 daraja sovuqgacha pasayadi.

 

19-apreldan boshlab antitsiklon respublika hududidan chekina boshlaydi va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 21-aprelga kelib kechasi 4-9 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliqni tashkil etadi.

 

Bugun, 17-aprel sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Hafta davomida poytaxt Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. 17-18-aprel kunlari havo harorati 12-15 daraja atrofida bo‘ladi.

 

19-apreldan ish haftasining oxirigacha kechalari harorat 4-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi asta-sekin ko‘tariladi va 21 kuniga kelib harorat 20-23 iliq darajagacha ko‘tariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//