Jamiyat
Joriy yilning 16-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtobus salonining ichki qismida ayollar va erkaklar uchun maxsus joy ajratilganligini targ‘ib qiluvchi e’lon joylashtirilganligi aks etgan foto tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat 8-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi “Isuzu” rusumli, 43-sonli avtobus yo‘nalishida kuzatilganligi aniqlangan hamda avtobus salonidagi mazkur e’lon olib tashlangan.
“Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida, barcha avtobus haydovchilari va chiptachilari o‘rtasida navbatdan tashqari yo'riqnomalar o‘tkazilayotganligini, shuningdek, avtobus salonida turli xildagi axborot materiallari tarqatilishini oldini olish, jamoat transportida e’lon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilganligini ma’lum qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112440
Jamiyat
95103
Jamiyat
91329
Jamiyat
76020
Jamiyat
//
Izoh yo‘q