Ramazon hayiti kunlari oʻzbekistonliklar necha kun dam oladi?

Saqlash
16:04 / 17.04.2023 5966 0

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.


2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi Prezident  farmonida haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun 24-aprel (dushanba) qoʻshimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.

 

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari:

 

22-aprel —shanba;
23-aprel — yakshanba;
24-aprel — dushanba (koʻchirilgan dam olish kuni).
Yaʼni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel — shanba esa ish kuni boʻladi.

 

Agar 22-aprel — shanba Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21-aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//