Oʻzbekcha Vikipediya Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi

Saqlash
02:03 / 17.04.2023 2003 0

Joriy yilning 14–20-aprel kunlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻzbek tilining jahon internet tarmogʻidagi nufuzini oshirishga qaratilgan “WikiOromgoh” loyihasi tashkillashtirildi.

 

Loyiha davomida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan oʻzbekcha Vikipediyaga maqola kiritish koʻnikmalari oʻrgatilmoqda hamda uni Oʻzbekiston haqidagi maqolalar bilan boyitish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

“WikiOromgoh” boshlangandan buyon oʻzbekcha Vikipediyada sezilari oʻsish yuz berdi. Jumladan, loyiha boshlangunga qadar Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar soni 224 317 tani tashkil etgan boʻlsa, dastlabki uch kunning oʻzida oʻsishlar soni qariyb 10 ming maqolaga yetib, jahon Vikipediyalar tizmasida 45-oʻringa koʻtarildi hamda Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi. Bundan avval ushbu oʻrinni qozoqcha Vikipediya egallab turgan edi. Ayni damda Vikipediyadagi oʻzbekcha maqolalar soni 233 mingga yetgan.

 

 

 

Eslatib oʻtamiz, mazkur “WikiOromgoh” oʻtgan yilning may oyida start olgan “WikiStipendiya” loyihasi tarkibida tashkillashtirilgan boʻlib, birinchi mavsumi 2022-yilning avgust oyida, ikkinchi mavsumi esa noyabr oyida boʻlib oʻtgan hamda ikkinchi mavsumda ilk bor 200 minglik dovondan oshgandi.

 

2022-yil yakuniga kelib, Oʻzbekistonda ilk bor oʻzbek tilidagi izlashlar soni rus tilidagi izlashlar sonidan oshdi. “WikiStipendiya” loyihasining oʻtgan mavsumida esa oʻzbekcha Vikipediya qariyb 77 ming maqola bilan boyib, 217 mingdan oshgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//