Jamiyat
Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 289-maktabning 11-sinf o‘quvchisi (o‘g‘il bola) o‘zini 3-qavatdan pastga tashlagan. U tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘quvchi tirik va unga jiddiy zarar yetmagan. O‘quvchi bilan bog‘liq holat nazoratga olingani va sabablari surishtirilayotganini bildirildi.
Shuningdek, holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bayonot berdi. Ta’kidlanishicha, 11-sinf o‘quvchisi tanaffus vaqtida maktabning ichki binosi 3-qavati oynasidan tashqariga qaraganida o‘z muvozanatini yo‘qotgan va pastga tushib ketgan.
“O‘quvchilar bu haqda maktab ma’muriyatini xabardor qilgan. Shu zahotiyoq maktab hamshirasi o‘quvchi S.A. ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. So‘ngra tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan. Ayni paytda S.A.ning salomatligi yaxshi va jarohat olmagan”, — deyiladi rasmiy izohda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q